40 yoshdan keyin tizza bo‘g‘imining asta-sekin yedirilishi bo‘g‘im tog‘ayining (tizza bo‘g‘imidagi suyaklar orasidagi amortizatsiyani ta’minlaydigan to‘qimalar) jadal yemirilishiga olib keladi, bu holat tizza bo‘g‘imi osteoartriti nomi bilan ma’lum. Tizzadagi suyaklarning bir-biriga tegishi natijasida yuzaga keladigan ishqalanish og‘riq, shish va harakat cheklanishiga olib keladi. Bu o‘tirish, turish, yurish, egilish va zinadan ko‘tarilish kabi kundalik faoliyatga ta’sir qiladi. Umuman olganda, bu odamning hayot sifatiga sezilarli ta’sir qiladi.
Osteoartritning erta yoki o‘rta bosqichi bo‘lgan bemorlar, odatda, malham surish va dori preparatlari kabi an’anaviy davolash usullari yordamida og‘riqdan xalos bo‘lishga intilishadi, ammo ular ushbu muolajalarning nojo‘ya ta’sirlari bor ekanligini tushunishadi. Ular tizzaga in’eksiya qildirish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin, ammo ularning ba’zilari steroid modda bo‘lib, nojo‘ya ta’sirlari borligi sababli undan foydalanmasliklari mumkin. Tizza bo‘g‘imlariga o‘zak hujayralarini in’eksiya qilish mutlaqo samarasiz. Ushbu muolajalarning hech biri tizza og‘rig‘ini yengillashtiradigan samarali vosita hisoblanmaydi va bundan tashqari, jiddiy nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqaradi.









